Sotuvlar boshlanishidan oldin, 2025-yil 7-fevralda flagman smartfon Galaxy S25 rekord o‘rnatdi: Janubiy Koreyada 1,3 milliondan ortiq oldindan buyurtma berildi. Oldingi model, S24, o‘z vaqtida 1,21 million oldindan buyurtma to‘plagan edi. S25’ning asosiy xususiyati — 46 ta tilni qo‘llab-quvvatlovchi neyrotarmoq imkoniyatlaridan foydalanishi.
U foydalanuvchilarga sun’iy intellekt bilan matn, ovoz va tasvirlar orqali yanada samarali ishlash imkoniyatini beradi. Yangi funksiyalar qatoriga “Now Brief” — dolzarb yangiliklar lentalari va “Now Bar” — blokirovka ekranidan asosiy funksiyalarga tezkor kirish kiradi. “Writing Assist” va “Drawing Assist” kabi AI vositalari esa matn va tasvir yaratishni yengillashtirish uchun mo‘ljallangan.
S25 Qualcomm Snapdragon 8 Elite for Galaxy protsessori bilan ishlaydi, bu esa ishlash samaradorligi va energiya tejamkorligini oshirishni ta’minlaydi. Yaxshilangan kamera yuqori aniqlikdagi sensor va ProVisual Engine tizimi bilan jihozlangan, u AI yordamida har qanday masofadan detallashtirilgan suratlar olishga imkon beradi. Sun’iy intellekt asosidagi tarmoq suratlarni real vaqtda neyroillyustratsiyaga aylantirish imkoniyatini beradi.
Oyiga 5900 von (taxminan 4 dollar) evaziga S25 egalari ta’mirlash, aksessuarlar va eski qurilmani almashtirishda chegirmalarga ega bo‘ladilar. S25 uchta versiyada taqdim etilgan: standart, Plus va Ultra. Shuningdek, Edge nomli “yengil versiya” ikkinchi chorakda chiqarilishi kutilmoqda. S25 narxlari oldingi model — S24 darajasida qolgan:
• S25 boshlangich modelining narxi - 1,15 million von
• S25 Plus versiyasi — 1,35 million von
• S25 Ultra — 1,69 million von (taxminan $843).